Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyida koalitsiya zarbalaridan Suriya va Iroqda eng ko‘p sonda tinch aholi halok bo‘ldi
Mart oyida AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbalaridan Suriya va Iroqda eng ko‘p sonda tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Airwars mustaqil monitoring guruhi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda International Business Times nashri xabar bermoqda.
Koalitsiyaning Iroq va Suriyadagi harakatlarini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi guruhning ma'lum qilishicha, oxirgi oylarda ikkala davlat hududlariga berilgan aviazarbalarning soni "misli ko‘rilmagan darajada" oshgan.
Airwars ma'lumotlariga ko‘ra, koalitsiya mart oyida Iroqqa 268 ta, Suriyaga esa 434 ta zarba bergan. Bu zarbalar oqibatida kamida 1782 fuqaro halok bo‘lgan.
Tashkilot xodimi Aleks Xopkinsning ta'kidlashicha, mart oyida Suriyada halok bo‘lganlar soni bir necha marotabaga oshgan, biroq bu holat matbuotda juda oz yoritilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026