O‘zbekiston | 15:41 / 17.04.2017
21172
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi tarkibini tasdiqladi

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi tarkibini tasdiqladi, deb xabar bermoqda UzDaily.

O‘zbekiston Prezidenti farmoniga ko‘ra, Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga Ma'ruf Usmonovni tayinladi.

Dilshod Oripov va Karamatjon Davletov, Prezident farmoniga muvofiq, Sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Shuhrat Abbosov, Sherzod Abduqodirov, Jasuriddin Abdusattorov, Muzaffar Ahmedov, Tolib Boyzoqov, Rahmatulla G‘ulomov, Sanjar Do‘smonov, Ixtiyor Matmurodov, Odil Normahmatov, Sarvar Soliyev va Mirvosit Usmonov Kengashning doimiy a'zolari etib tayinlangan.

Xabarda aytilishicha, Salom Samadov, Jamila Niyozova, Ubaydulla Mingboyev, Omonboy Oqyo‘lov, Islomjon Ergashxo‘jayev, Akromxon Boboxonov va Hamdam Qarshiyev Kengashning jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi a'zolari bo‘lishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid