Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreyaga “kuchli jazo choralari” bilan tahdid qildi
Janubiy Koreya va AQSh yana “fitna” harakatlari ro‘y bersa, KXDRni jazolash niyatida. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, bosh vazir Xvan Gyo An Seulda Amerika vitse-prezidenti Mayk Pens bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ma'lum qildi.
"Koreya Respublikasi va AQSh KXDR yana fitna harakatlarini amalga oshirsa, kuchli jazolovchi choralarni qo‘llaydi", - deya Xvanning so‘zlarini keltiradi Ryonxap axborot agentligi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bosh vazir shuningdek Pens bilan THAAD tizimini joylashtirish va ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ham ma'lum qildi.
"Koreya-Amerika alyansi – bu Koreya yarim oroli va Shimoli-Sharqiy Osiyoda tinchlik hamda farovonlik uchun asosdir", - deya aytib o‘tdi Xvan Gyo An.
Vashington va Seul 2016 yilda Janubiy Koreyada THAAD tizimini joylashtirishga kelishib olishgandi. Bu Shimoliy Koreya raketalari tahdidiga javoban amalga oshirilmoqda. Janubiy Koreya mudofaa mahkamasi ma'lumotiga ko‘ra, raketalarga qarshi tizim harakat radiusi 200 kilometrdan oshmaydi.
AQSh va Koreya rejalari Rossiya hamda Xitoyning tashvishiga sabab bo‘ldi, ular raketalarga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishini raketa salohiyatlarini ushlab turish harakati bilan bog‘lashmoqda.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026