Andijonda o‘tgan haftada ikki nafar “bola sotuvchi” ushlandi
Jinoyatchi degan so‘zni ayol kishiga nisbatan ishlatish juda og‘ir. Chunki, biz ardoqlaydigan ayol – ona, yaratuvchi, nafosat va go‘zallik timsoli. Ming afsuslar bo‘lsinki, ba'zida ayollik nomiga dog‘ tushirib, jinoyatga qo‘l uradiganlar ham uchrab qoladi.
Andijon IIBning Kun.uz’ga xabar berishicha, Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tgan haftada “Odam savdosi” jinoyati bo‘yicha ikkita holat fosh etildi.
2017 yil 15 aprel kuni Shahrixon tumani Abdubiy qishlog‘ida yashovchi fuqaro Makonova Navro‘za (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining 2005 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Elyorbekni D. Charosovaga 18 million so‘mga sotishga kelishib, Shahrixon shahridagi Madaniyat va istirohat bog‘ining kirish qismida 5 million so‘m qiymatidagi pulni olib, voyaga yetmagan farzandi Elyorbekni D. Charosovaga topshirgan paytida ushlangan. Kelishilgan pulning qolgan qismini farzandini hujjatlarini berganidan so‘ng olmoqchi bo‘lgan “onaizor” endi sudning qora kursisiga o‘tirishi aniq. Makonovaga nisbatan Shahrixon tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xuddi shu kuni Bo‘z shaharchasi Ulug‘bek mahallasida istiqomat qiluvchi Gulliyeva To‘raxon turmush o‘rtog‘i Temir Qo‘chqorov bilan til biriktirib, Gulliyeva To‘raxonning birga yashovchi farzandi 2005 yilda tug‘ilgan To‘labek Aytboy o‘g‘lini Ch. Navkarovaga 20 million so‘mga sotishni rejalashtirishadi. MXX viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti hamda Oltinko‘l tuman IIB hamkorlikda o‘tkazgan tadbir davomida “xaridor” kelishilgan summadagi pulni Oltinko‘l tuman Markaz mahallasi hududidagi Dehqon bozorining kirish darvozasi yoniga olib kelib, “sotuvchi”ga berayotgan paytida ushlandi.
Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

22:07 / 29.04.2025
Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

21:45 / 29.04.2025