Jamiyat | 18:12 / 18.04.2017
6606
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda firibgar IIV Akademiyasiga 10 yarim ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qildi

2017 yil 2 aprel kuni G‘ijduvon tuman IIBga Bo‘ktaroy QFY, Bobog‘ozi qishlog‘ida yashovchi fuqaro P.M. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Buxoro IIB.

U 2016 yilning aprel oyidan 2017 yilning fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Kogon tumani, Xo‘ja Yakshanba QFY, Xo‘ja Yakshanba qishlog‘ida yashovchi nafaqaxo‘r M.G‘. uning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi yoki Toshkent Davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan holda 10.500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini bildirgan.
 
Ushbu holat yuzasidan M.G‘.ga nisbatan O‘z.R.JKning 168-m. 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid