Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda avtomobillar soni 200 million donaga yetdi
Xitoyda rasman ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 200 million donaga yetdi. Bu haqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi xabarida so‘z yuritilgan.
Shu bilan birga, vazirlikka ko‘ra, motorli transport vositalarining umumiy soni 300 mln donaga yetgan. 2017 yil birinchi choragida 8,2 millionta yangi motorli transport vositasi ro‘yxatga olingan.
Bundan tashqari, mototsikllarni ham qo‘shib hisoblaganda transport vositasiga ega kishilar soni 364 million kishiga yetdi. Shundan 320 mln kishi avtomobil haydovchilaridir. Birinchi chorakda o‘sish 7,4 million kishini tashkil etgan.
2015 yil yakunlariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan jami transport vositalari egalarining soni 279 million kishini tashkil etgan edi. Ularning 172 millioni avtomobil egalari hisoblanardi.
Mavzuga oid
08:31 / 01.06.2026
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:49 / 29.05.2026