Jamiyat | 21:19 / 18.04.2017
12023
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda qadimiy mumiyolar topildi

Foto: Al-Masry Al-Youm

Misrlik arxeologlar Luksor shahrida fir'avnlarga tegishli bo‘lgan yangi qabrni topishdi. Bu haqda Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid al-Ananiyga iqtibos keltirgan holda Egypt Independent nashri ma'lum qildi

Luksor g‘arbida joylashgan Podshohlar vodiysidagi Dra Abu al-Nagga qabristonida topilgan qabr "Lager 157" deb nomlandi. U fir'avnlarning 18-sulolasiga (miloddan avvalgi 1550-1292 yillar) tegishli bo‘lib, O‘sarxat ismli shahar maslahatchisiga tegishli bo‘lgan.

"Lager 157"dagi qazish ishlari vaqtida o‘nlab yog‘och tobutlar va 6 ta yaxshi saqlanib qolgan mumiyo aniqlandi. Arxeologlar shuningdek tilla rangga bo‘yalgan niqoblar va mingdan ko‘proq ushebti (qo‘llarini ko‘ksida chatishtirib turgan odam haykalchasi) dafn haykalchalari bo‘lgan quduqni aniqlashgan.

Aprel boshida arxeologlar Qohiradan 26 km uzoqlikda joylashgan, Qadimiy va O‘rta podshohlik fir'avnlari qabristoni Daxshurda avval noma'lum bo‘lgan piramidaning xarobalarini aniqlashgandi. Taxminlarcha, bu piramida fir'avnlarning 13-sulolasi vaqtlarida qurilgan va Snofru fir'avni piramidasidan janubda joylashgan. 

Mavzuga oid