Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov, “Dentafil” kompaniyasi hamda Misrning ACDIMA farmatsevtika guruhi rahbariyati örtasida onlayn muloqot bölib ötdi.
Uçraşuvda ikki mamlakat korxonalari örtasida işlab çiqariş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, texnologiyalar transferi va dori vositalarini mahalliylaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikning navbatdagi bosqiçida misrlik işlab çiqaruvçilar va mutaxassislardan iborat delegatsiyaning Özbekistonga taşrifini taşkil etişga kelişib oldi. Taşrif davomida mahalliy korxonalarning texnologik imkoniyatlari örganilib, işlab çiqariş uçun ustuvor mahsulot turlari belgilanadi.
Loyihaning strategik maqsadi sifatida 2030 yilga qadar Özbekistonda dori vositalarini mahalliylaştiriş darajasini 40 foizga yetkaziş belgilangan. Şu bilan birga, moliyaviy takliflar va iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlaşda xalqaro tajribadan foydalaniş zarurligi ta’kidlandi.
Misr tomoni loyihani amalga oşirişda har tomonlama kömak berişga tayyorligini bildirib, Özbekiston delegatsiyasini Qohiradagi işlab çiqariş obektlari bilan tanişiş uçun taklif etdi.
Uçraşuv yakunida hamkorlikning amaliy bosqiçlarini batafsil muhokama qiliş maqsadida yaqin kunlarda navbatdagi onlayn muloqotni ötkaziş böyiça kelişib olindi.








