Odil Ahmedov «Paxtakor»da qancha oylik olgani, nega Fransiyani emas Xitoyni tanlagani haqida

O‘zbekiston terma jamoasi «Shanghay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov «Futbol» nashriga bergan intervyusida «Paxtakor»dagi dastlabki oyligi va Xitoyga o‘tishidan oldin Fransiya chempionatidan bo‘lgan taklif haqida gapirib o‘tdi.
«Qishda menga arab jamoalaridan jiddiy taklif bo‘lgandi. Umuman arab jamoalari meni anchadan beri o‘ziga chorlab kelishadi. Shuningdek Fransiya chempionatidan ham aniq taklif bo‘lgandi. Men pulni tanlab Xitoyga ketganim yo‘q. Shunchaki fransuzlar «Krasnodar» so‘ragan pulni topib bera olishmadi. «Shanghay» esa buning uchun zarur pulni to‘lay oldi.
Xitoyda «Krasnodar»dagidan ko‘ra, biroz ko‘proq maosh olaman. Ammo yana qaytaraman Xitoyga aniq pulni deb ketganim yo‘q. Men uchun pul hech qachon birinchi o‘rinda turmagan. Misol uchun «Paxtakor»da qancha oylik olganimni bilasizmi? 100 dollardan ham kamroq. Hozirgi yoshlar bu pulga hattoki mashg‘ulotda ham qatnashmaydi.
Men shugina pulga ham borimni berib o‘ynaganman. Oldimga bitta maqsad qo‘ygandim: yaxshi futbolchi bo‘lish, hech qanday o‘rtamiyona bo‘lib qolmaslik.
Oyligim faqat yo‘lkiraga yetardi. Ammo shuning o‘zi ham katta gap edi. Hozir yoshlar millionlab topa olishi mumkin. Ularni kuzatsang, ajoyib iqtidor ekaniga guvoh bo‘lasan. Oradan 2-3 yil o‘tib ularni kuzatsang, butunlay yo‘qolib ketishadi. Bularning barchasiga pul sababchi», degan Ahmedov.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025