Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FXX Vladimirda teraktga tayyorlangan ikki terrorchini yo‘q qildi, ular markaziy osiyolik bo‘lgan
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Vladimir viloyatida terrorchilar bilan aloqada bo‘lgan ikki shaxsni yo‘q qildi. Qo‘lga olish amaliyoti vaqtida ushbu shaxslar qurolli qarshilik ko‘rsatgach, o‘ldirilgan.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu shaxslar kelib chiqishiga ko‘ra markaziy osiyoliklar bo‘lib, biri 26, ikkinchisi 30 yoshda bo‘lgan. Ular xalqaro terrorizmga aloqador ekani va kishilarni jangarilar safiga yollash bilan shug‘ullangani gumon qilinmoqda. Ular joylashgan hududdan portlovchi qurilmalar tayyorlash texnologiyalari aniqlangan. Aniqlanishicha, ushbu shaxslar Rossiya hududida teraktlar sodir etishga tayyorlangan.
Maxsus amaliyot o‘tkazilgan hududdan bomba uchun qismlar, AK-74 avtomati, pistoletlar va o‘q-dorilar topilgan. Amaliyot chog‘ida maxsus kuchlar tomonidan jabrlanuvchilar yo‘q.

Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

FXX ma'lumotiga ko‘ra, bugun Krasnodar o‘lkasida ekstremistlar guruhi qo‘lga olindi. Ular yashayotgan kvartira tintuv qilinganida portlovchi qurilmalar tayyorlash uchun qismlar, gaykalar to‘ldirilgan quti hamda ekstremistik adabiyotlar topilgan.
Mavzuga oid
12:21 / 18.02.2026
Rossiyada operatorlar FXX talabi bilan aloqani o‘chirishi mumkin
19:07 / 30.06.2025
Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi
17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi
21:54 / 27.02.2025