Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi operativ boşqarmasi boşliği örinbosari general-leytenant Yaroslav Moskalikni öldirişda gumonlangan şaxsni qölga oldi.

Gap 42 yoşli Ignat Kuzin haqida ketmoqda, FXX uni «Ukraina maxsus xizmatlari agenti» deb atamoqda. Versiyalarga köra, u Volkswagen Golf maşinasiga «Ukraina maxsus xizmatlariga tegişli Moskva oblastidagi maxfiy joydan olingan qölbola portlovçi qurilmani örnatgan». 25 aprel kuni Moskalik pod’yezddan çiqqanida Ukraina maxsus xizmatlari uni masofadan turtib harakatga keltirgan. General-leytenant hodisa joyida halok bölgan.

FXXning ta’kidlaşiça, Kuzin Ukrainada yaşaş guvohnomasiga ega bölgan. U terakt va noqonuniy portlovçi moddalar saqlaşga oid jinoyat işi doirasida söroq qiliniş uçun Tergov qömitasiga olib borilgan. Kuzin umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. TASS manbalarining ma’lum qilişiça, gumonlanuvçi Istanbulda, «Moskvadan uçib kelganida» uşlangan. Uning Rossiyaga qaytarilişi qanday taşkil etilganiga aniqlik kiritilmagan.

Şuningdek, FXX Kuzinning söroq qiliniş jarayonidan kadrlar e’lon qilgan. Videoda u Kiyev oblastida 2023 yil aprel oyida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan oğdirib olinganini tan olgan va «Vadim ismli kurator»ning topşiriği bilan Moskvaga kelganini aytgan. Kuzinning ta’kidlaşiça, şundan söng unga maxfiy joy koordinalari berilgan va gumonlanuvçi u yerdan kuzatuv kamerasi hamda avtomobilga örnatiş uçun bombani olgan. Maşinani esa uning sözlariga köra, aynan kurator — Ukraina hududidan turib portlatgan.

«Vot Tak» naşrining aniqlaşiça, Kuzin Rossiyada tuğilgan, ammo uzoq vaqt Ukrainada yaşagan. Maş’ning yozişiça, 2014 yildan keyin Kuzin muntazam ravişda Rossiyaga işlaş uçun kelgan, Mariupoldagi «Azovstal» zavodida işlagan.

Moskalikning ölimiga sabab bölgan Volkswagen Golf 25 aprel kuni ertalab Moskva yaqinidagi Balaşixa şahrida portlab ketgandi. General Rossiya armiyasida qariyb 40 yildan beri xizmat qilib kelayotgandi. 2015 yilda u «normand formati» doirasida Ukraina bilan muzokaralarda iştirok etgan, şuningdek, Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalariga boğliq mavzularda spiker bölgan.