Joriy yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida odamlarni rozi qiliş, inson huquq va manfaatlarini ta'minlaşning zamon talablariga javob beradigan mexanizmini yaratişga qaratilgan islohotlar aholining davlat va jamiyatga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilişi barobarida, barça jabhada taşabbuskorlikka undamoqda.

Birgina Qaşqadaryo viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oşirilayotgan ulkan yaratuvçanlik va bunyodkorlik işlari natijasida 2016 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 trln. 897 mlrd. sömni taşkil etib, 105,9 foiz ösişga erişildi. Bunda kiçik biznesning uluşi 51,7 foizga, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 104,2, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş 106,5 foizga yetdi.  

Ma'lumki, Qaşqadaryo viloyati eksport salohiyati yuqoriligi jihatidan mamlakatimizning yetakçi hududlaridan hisoblanadi. Bu yerda eng ilğor texnologiyalar bilan jihozlangan köplab sanoat korxonalarida mahalliy xom aşyo va resurslar negizida import örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatga ega, eksportbop mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. 

Prezidentimizning 2016 yil 23 dekabrdagi qaroriga asosan esa, 2017 yilda Qaşqadaryo viloyati va tumanlarining eksport salohiyatini yuksaltiriş maqsadida hududiy korxonalarda 15 ta loyihani amalga oşiriş böyiça Investitsiya dasturi işlab çiqilgan. Unga köra, yil oxirigaça 13,1 mln. AQŞ dollarilik investitsiyalar, şu jumladan, 9,8 mln. dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi. Pirovardida 140 ta iş örni oçiladi.

Eksport tarkibida qişloq xöjaligi mahsulotlari uluşi ortib borayotgani, ayniqsa, e'tiborga molik. Misol uçun, 2016 yilda hududda 1 million 348 ming tonnadan ziyod sabzavot, kartoşka va poliz mahsulotlari, meva hamda uzum yetiştirilgan bölsa, şundan 672 ming dollarlik qismi eksportga yönaltirildi. Joriy yilda esa uşbu körsatkiçni yanada yuksaltiriş böyiça bir qator loyihalar amalga oşirilmoqda.

— Hozirgaça mavjud savdo şartnomalarida közda tutilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining asosiy qismini xorijliklarga yetkazib berdik, — deydi Şahrisabz tumanidagi “Şahrisabz meva-sabzavot” agrofirmasi rahbari  Saidjon Şokirov.

— Endilikda Rossiyaga yonğoq, Afğoniston, Pokiston va Hindistonga moş yuborayapmiz. Bundan taşqari, korxonamizda pişiqçilik mavsumida terib olingan katta miqdordagi olma va olxörini tabiiy usulda quritiş yölga qöyilgan. Uşbu mahsulotlarga talabgorlar köp. Şu bois kelgusida Xitoydan meva quritiş va plastmassa quti işlab çiqariş liniyasini keltiriş, sovitiş kamerasini örnatişni möljallab turibmiz. 

Viloyatda, şuningdek, çorvaçilik tarmoğini yanada rivojlantirişga qaratilgan köplab istiqbolli loyihalar röyobga çiqarilmoqda. Xususan, aholini göşt va sut mahsulotlari bilan ta'minlaş uçun mingdan ortiq fermer xöjaliklari qoramolçilik, eçkiçilik, qöyçilik, yilqiçilikka ixtisoslaştirilgan bölib, ularda işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, naslçilikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş borasida keng kölamli işlar olib borilayapti.