Qaşqadaryo viloyatida IIB xodimi narkojinoyatda ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Ayblov

Sud hukmida keltilişiça, Kökdala tumani IIB profilaktika inspektori B.T. 2016-2017 yillarda Koson tumanida ötkazilgan “Qoradori” tadbirlarida iştirok etgan. U öşanda tadbir jarayonida aniqlangan marixuana bargidan yulib olib, kelgusida özi iste’mol qiliş va bir qismini ötkaziş maqsadida yaşaş xonadonida saqlab kelgan.

Marixuananing 3,4 grammini 2025 yil 10 dekabr kuni tunda turmuş örtoği orqali Qarşi tumani IIB profilaktika katta inspektori vazifasida işlovçi tanişi J.N.ga ötkazgan.

IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi va Qaşqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda J.N. boşqaruvidagi maşinadan 3,4 gramm marixuana topilgan.

Şuningdek, B.T.ning yaşaş xonadonidan ham 8,76 gramm marixuana topilib, rasmiylaştirib olingan.

“Sotiş niyatim bölmagan”

B.T. sudda aybiga iqrorlik bildirmasdan, marixuanani sotiş niyati bölmaganini, boşi oğriganda çoy qilib içib kelganini aytgan.

“2016 yoki 2017 yilda Koson tumanida “Qoradori” tadbirida iştirok etdim. Öşa vaqtda vertolyot orqali qaysidir mahallada marixuana yetiştirilayotgani aniqlandi. Hujjatlaştiriş jarayonida ösimlikning bargidan yulib olib, çöntagimga solib qöydim.

Marixuanani sotiş niyatim bölmagan. 2014 yilda Buxoro şahrida IIB xodimlari örtasida ötkazilgan sambo kuraşi musobaqasida böyin sohamdan jarohatlandim. Öşandan buyon nerv tomirlarining qisilişi oqibatida boşimda kuçli oğriq paydo bölgan. Marixuanani boşimning oğriğini qoldiriş maqsadida çoy qilib içib kelganman”, degan B.T. öz körsatmasida.

Şuningdek, u 2025 yil 10 dekabr kuni J.N. yaşaş uyidan marixuana olib ketmaganini ma’lum qilgan.

“Vitamin olgandim”

43 yoşli J.N. sudda hamkasbi B.T.ning uyidan öşa kuni tunda marixuana emas, vitamin olib ketganini bildirgan.

“Öşa kuni B.T.ga qönğiroq qilib, undan “S-4” vitamini bor-yöqligini söradim. “S-4” sport bilan şuğullaniş uçun energetik kuç beradigan vitamin hisoblanadi. B.T. menga “S-4” vitamini uyida borligini, borsam turmuş örtoği berib yuborişini aytdi. Uning uyiga bordim. B.T.ning öğli vitaminni tuşirib berdi.