Jahon | 09:28 / 19.04.2017
8987
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Amerika savdo munosabatlari va viza siyosatini o‘zgartiruvchi farmonni imzoladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp viza siyosati, davlat xaridlari va savdo bitimlarini o‘zgartiruvchi farmonni imzoladi. Oq uy matbuot xizmati xabar qilishicha, hujjat Amerika mehnat bozorini xorijiy ishchilardan himoya qilish va Amerika mahsulotlarini xarid qilishga turtki beradi. 

"Amerika mahsulotini xarid qil va amerikalikni yolla" (Buy American and Hire American) deb nomlangan farmon, xususan, hukumat idoralari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda Amerika mahsulotlari ulushini oshirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, davlat hokimiyati haddan ortiq yirik miqdorda xorijiy mahsulotni xarid qilishni ko‘zda tutuvchi boshqa mamlakatlar bilan savdo bitimlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi. Hujjat, shuningdek, Amerika kompaniyalariga AQShning savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarga AQShdagi xorijiy kompaniyalarga taqdim etilgan shartlar asosida o‘z mahsulotlarini sotishlariga ruxsat beradi. 

Bundan tashqari, Tramp AQShda ayrim ishchilarni yollashda qat'iyroq yondashuv zarurligini bir necha marotaba ta'kidlagan. Uning fikricha, bu boradagi qonunchilikning mukammal emasligi sabab Amerika kompaniyalari va mamlakat ishchilari aziyat chekmoqda. Bu esa AQSh iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 

Farmonga muvofiq, "H-1B" ishchi vizalarini taqdim etish tartibi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Dastur kompaniyalarning amerikaliklarni emas, xorijlik malakasiz ishchilarni jalb qilish orqali mablag‘larini tejashi nuqtainazaridan qayta ko‘rib chiqiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid