Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston rahbariyati akademik Anna Glushenkova vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi
Tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi taniqli olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Anna Ivanovna Glushenkova 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
A.Glushenkova 1926 yil 1 avgustda Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Rudna tumanida tug‘ilgan. 1948 yili O‘rta Osiyo industrial institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tugatib, ushbu institut aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi.
Iste'dodli olima qariyb 70 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) kafedra mudiri, Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, direktori, Fanlar akademiyasi prezidiumi a'zosi kabi mas'ul lavozimlarda samarali mehnat qildi va mamlakatimizda tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.
Zahmatkash olimaning ilmiy ishlanma va tadqiqotlari O‘zbekiston xalq xo‘jaligi, ayniqsa, paxtachilik sanoatida keng qo‘llanib kelmoqda. Uning paxta tolasi va chigitini qayta ishlash, ulardan zarur iste'mol mahsulotlari hamda dori vositalari tayyorlash bo‘yicha ilmiy ishlanmalari iqtisodiyot tarmoqlari rivojida muhim ahamiyatga ega.
Olimaning tabiiy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 400 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma'lum.
Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
A.Glushenkovaning O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni va «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan edi.
«Atoqli olima, mehribon ustoz, kamtarin inson Anna Glushenkovaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», — deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident davlat maslahatchisi Ahmadxo‘ja Yunusxo‘jayev, Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev nomidan e'lon qilingan ta'ziyanomada.
Mavzuga oid
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
18:24 / 06.06.2026
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi
17:36 / 25.05.2026