Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya nemis mashinalarini Germaniyaga qaytarmoqda
Janubiy Koreya 2,5 mingta Audi va Volkswagen mashinalarini ortga – Germaniyaga jo‘natmoqda. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda. Qaytariladigan mashinalar "dizel mojarosi" sababli mamlakatda sotilishi taqiqlangan mashinalardir.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobillar 2016 yildan beri Pxyontxek portida turibdi. Hozirda u yerda nemis brendlariga qarashli 10 mingtadan ko‘proq avtomobil bor. Ayni vaqtda 1,3 mingta Audi va Volkswagen mashinalari Germaniyaga qaytarilgan, qolgan 1,2 mingta mashina aprel oxirida qaytariladi.
Janubiy Koreyada o‘tgan yil oxirida Volkswagen avtomobillari sotilishi to‘xtatilgan. Janubiy Koreya hukumati 80 model va ularning modifikatsiyalari sertifikatlarini bekor qilgan va nemis kompaniyasidan 1,7 mlrd von (1,606 mln dollar) miqdorida jarima to‘lashni talab qilgan. Umumiy holda 200 mingdan ko‘proq mashina sertifikatlashtirishdan mahrum bo‘lgan.
Umumiy hisobda "dizel mojarosi" butun dunyo bo‘ylab 11 mln ta mashinaga ta'sir qilgan. Nemis kompaniyasining AQShda mojaro oqibatlarini bartaraf etish sarf- xarajatlari 15 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025