Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Rossiya vazirining "orqadan zarba berish" haqidagi so‘zlariga javob qaytardi
Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybakchi Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyovning Turkiyaga yetkaziladigan Rossiya bug‘doyi importiga boj to‘lovining oshishini Turkiya tomondan "orqadan berilgan zarba" deb aytgan gaplariga izoh berdi.
"Ehtimol, Tkachyovning so‘zlari noto‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lishi mumkin. "Orqadan pichoq urish"ga kelinsa, bunday so‘zlarni gapirishga kim haqliroq ekani hali noma'lum. Shu bilan birga Tkachyov Rossiyaning Turkiya bilan munosabatlari yaxshilanishiga umid qilishini aytgan. Bu juda ijobiy gaplardir. Yaxshisi ijobiy gaplar gapirish kerak yoki umuman hech narsa deyish kerakmas", deb aytgan Zaybakchi.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya Rossiyada ishlab chiqarilgan birorta ham mahsulotga cheklovlar yoki taqiqlovlar kiritmagan.
"Turkiya Rossiyadan 2 mlrd dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsuloti import qiladi. Vaholanki, Rossiya mahsulotini Rossiya bozoriga pomidor va uzum eksport qilolmayotgan tadbirkorlar import qiladi", deb ta'kidlab o‘tdi turk vaziri.
Zaybakchi keyingi haftada Turkiyaga Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya kelishini, shundan keyin esa Rossiya energetika vaziri, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya rahbari Aleksandr Novak bilan uchrashuv bo‘lishini aytgan.
Uning aytishicha, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalardagi joriy vaziyat nomaqbuldir.
"Iqtisodiy cheklovlar kiritib, qarshi tomondan javob choralarini ko‘rishdan bosh tortishni talab qilish mumkin emas. Bu nomaqbuldir. Amaldagi cheklovlar ikki davlat yetakchilari pozitsiyalari va ijobiy siyosiy muloqotga ziddir. Ishonamanki, yaqin orada qiyinchiliklarni yengib o‘tish masalasida ijobiy siljishlar yuz beradi", deb o‘z so‘zlarini nihoyaladi Zaybakchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov "Rossiya-24" telekanali efirida Turkiya hukumatining Turkiyaga Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazilishiga cheklovlar qo‘yishini "orqadan zarba berish" deb hisoblanishini aytgandi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:11 / 12.06.2026