Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW’ning Britaniyadagi ishchilari 20 yil ichida birinchi marta ish tashlashdi
BMW nemis avtomobilsozlik kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi ishchilari 20 yil ichida birinchi marta ish tashlash aksiyasini uyushtirdilar. "Interfaks" axborot agentligining ma'lum qilishicha, kompaniyaning Kouli, Xems-Xoll va Suindondagi MINI mashinalari va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 3 ta korxonasida ishlar to‘xtatildi.
Norozilik pensiya miqdorining qisqartirilishi sababli bildirilgan. Unite kasaba uyushmasida 8 ta 24 soatlik ish tashlash aksiyasi ko‘zda tutilgani ma'lum qilindi. Keyingi norozilik aksiyasi 23 aprelda o‘tkaziladi.
Kasaba uyushmasi xabarida "BMW xo‘jayinlari boshlarini qumdan chiqarib, ularning pensiyalarni qisqartirish rejalari itoatkorona qabul qilinmasligini anglashlari kerakligi" aytilgan. Taxmin qilinishicha, may oyida norozilarga Rolls-Royce’ning Gudvuddagi xodimlari ham qo‘shilishadi.
Kompaniya rahbariyati kasaba uyushma vakillarini muzokaralar stoliga qaytishga chorladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, Koulidagi zavod kuniga mingtaga yaqin MINI mashinasi ishlab chiqaradi. Korxona yo‘qotishlarni yil davomida to‘ldirib olishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
18:59 / 22.06.2026
Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
19:22 / 16.06.2026