Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer mamlakat hukumati rahbari va Leyboristlar partiyasi yetakçisi lavozimidan iste’foga çiqayotganini e’lon qildi.

Starmer öz qarori haqida Buyuk Britaniya qiroli Çarlzni xabardor qilgani va Leyboristlar partiyasining yangi rahbari saylanmagunça boş vazir bölib qolişini aytgan.

Dauning-stritdagi qarorgoh oldida sözlagan nutqida Starmer özi rahbarlik qilgan hukumatning yutuqlarini sanab ötgan. Şu bilan birga, partiyada unga nisbatan işonçsizlik paydo bölganiga işora qilgan. Özining ta’kidlaşiça, sönggi vaqtlarda partiya içida «u partiyani keyingi umumiy saylovlarga olib boriş uçun qançalik munosibligi» haqida savollar tobora köproq kötarila boşlangan.

«Men bu savolga javobni partiyamning parlamentdagi fraksiyasidan eşitdim va bu javobni şaraf bilan qabul qilaman», – degan Starmer.

U Leyboristlar partiyasi ijroiya qömitasidan yangi rahbarni saylaş jarayonini taşkil etişni söraganini ma’lum qilgan: bu jarayon 9 iyulda boşlanib, 16 iyulgaça, parlament a’zolari yozgi ta’tilga ketgunga qadar yakunlanişi kerak.

Bir kun oldin hukumatning yuqori martabali vakili Starmer «öyin tugagani»ni tuşunişi va «öz merosini qanday saqlab qoliş» haqida öylayotganini aytgandi. The Observer’ning leyboristlar partiyasidagi manbasi şunday degandi: «Boş vazir iste’foga çiqiş zaruratiga köngandek körinmoqda. U şafqatsiz reallikka duç keldi: endi qöllab-quvvatlov yöq. Haqiqat şundaki, hamma hozirgi vaziyat endi yaşovçan emasligini tuşunadi».

Bundan taşqari, öz kabinetidagi beş nafar vazir undan qaçon iste’foga çiqişini söragan. Ular orasida transport vaziri Haydi Aleksandr, taşqi işlar vaziri Ivett Kuper va içki işlar vaziri Şabana Mahmud ham bor, deb yozgandi The Telegraph.

Starmerning bayonotidan köp vaqt ötmay Endi Byornam hukumatni boşqariş niyatidaligi va öz nomzodini Leyboristlar partiyasi rahbarligi uçun ilgari surmoqçi ekanini ma’lum qildi.

U öz bayonotida Starmerga partiyaga rahbarlik qilgani uçun minnatdorçilik bildirgan va «mamlakat barqarorlik, jiddiylik va eng muhim masalalarga doimiy e’tiborni kutişi»ni ta’kidlagan. «Mamlakat aynan şunga ega böladi», – deya va’da qildi u.

Leyboristlar partiyasida köpçilik Byornam Nayjyel Faraj boşçiligida maşhurlaşib borayotgan öng qanotdagi populistik Reform UK partiyasi tahdidini yengib ötişga yordam beradigan figura sifatida qaramoqda: sotsiologlar fikriça, islohotçilar mamlakatdagi eng köp tarafdorlarga ega siyosiy kuç bölib qolmoqda.