19 iyun kuni kuni soat 17:15 atrofida Bedford şahridan janubdagi liniyaga favqulodda xizmatlar xodimlari çaqirilgan. Bu yerda East Midlands Railway kompaniyasiga tegişli bölgan ikki poyezd töqnaşib ketgan. Ularning ikkisi ham oldinma ketin Londondagi Sent-Pankras vokzali tomon kelayotgan bölgan.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda bir poyezd tumşuği özidan oldindagisining orqa qismiga qadalib qolganini köriş mumkin. Vagonlardan kamida bittasi izdan çiqib ketgan.

Hodisa oqibatida poyezdlardan birining maşinisti voqea joyida halok bölgan, 89 kişi jarohat olgan: şundan 11 kişi juda oğir, 22 kişi oğir ahvolda, 56 kişining jarohati yengil deb baholanmoqda.

Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer halok bölgan maşinistning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va boşqa jabrlanuvçilarga tezroq soğayib ketişni tiladi.

Voqea joyiga 20 dan ortiq tez yordam maşinalari va oltita tez yordam vertolyoti jalb etilgan.

Rasmiylar voqea tafsilotlarini örganmoqda.

East Midlands Railway kompaniyasi poyezdlarining Sent-Pankras vokzaliga va ortga harakati kun oxirigaça töxtatilgan. Şanba kuni ham poyezdlar harakatida uzilişlar kuzatilgan.