Jahon | 13:06 / 20.04.2017
4952
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: AQSh po‘lat importi milliy xavfsizlikka xavf solishini o‘rganib chiqadi

AQSh prezidenti Donald Tramp po‘lat importining milliy xavfsizlikka tahdidini o‘rganib chiqishni rejalashtirmoqda. Reuters agentligi prezident ma'muriyatidagi manbalarga asoslangan holda xabar qilmoqda.
 
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp 1962 yilda qabul qilingan savdo kengaytirish to‘g‘risidagi qonun moddalaridan biriga memorandumni imzolashni rejalashtirmoqda. Davlat rahbari, unga asosan milliy xavfsizlik nuqtai-nazaridan po‘lat importiga cheklov joriy qiladi. 

Manbalardan birining aytishicha, dengiz kemalarini zirxlash uchun xarid qilinadigan po‘latlar mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, ko‘rsatma aniq bir mamlakatga qarshi qaratilmagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid