Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson: Eron bilan tuzilgan yadro bitimi barbod bo‘ldi
Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson shunday bayonot berdi.
"Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi o‘z maqsadi – yadrosiz Eron maqomiga yetishishda omadsizlikka uchramoqda. Bu ularning yadroviy davlat bo‘lish maqsadini ortga suradi. Mazkur bitim Shimoliy Koreyaning hozirgi tahdidiga olib kelgan o‘tmish yondashuvini yodga soladi", — degan matbuot anjumanida.
Tillerson, shuningdek, Eronga nisbatan "strategik sabr" "muvaffaqiyatsizdir". Shunga ko‘ra, ushbu mamlakatdan kelib chiqayotgan "tahdid"ga o‘z vaqtida barham berish kerak, deb aytib o‘tgan.