Jahon | 07:54 / 20.04.2017
4240
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp yaqin orada Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa bo‘ylab turnesi vaqtida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishi mumkin, deb xabar bermoqda bir manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

Manbaning aytishicha, Trampning safari ustida ishlanmoqda.

Avvalroq The New York Times nashri Tramp prezidentligining birinchi oylari safarlar amalga oshirishdan bosh tortgani sababli uni "uydan tashqariga chiqmas" deb atagandi. Nashrning ma'lum qilishicha, Trampdan avvalgi prezidentlar bu davrdan safarlar uchun foydalanishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid