O‘zbekiston | 19:16 / 20.04.2017
9805
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi

2017 yil 19 aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Parij bitimini O‘zbekiston tomonidan rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Ushbu bitim 2015 yil 12 dekabr kuni BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 21-konferensiyasi doirasida qabul qilingan.

Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakatimizning AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Gulyamov imzoladi. 

Bitim imzolangach, uning asl nusxasi tashkilot Depozitariyi – BMT Bosh kotibiga saqlash uchun topshirildi.

Parij bitimi atmosferaga is gazlari chiqindilarini kamaytirish va global o‘rtacha harorat darajasi o‘sishini cheklash orqali iqlim o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi jahon hamjamiyati sa'y-harakatlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonning Parij bitimini imzolaganlar ro‘yxatiga kirganligi haqidagi axborot BMT Kotibiyati tomonidan a'zo davlatlar o‘rtasida tarqatilib, tashkilotning Yuridik boshqarmasi rasmiy saytida hamda BMT jurnalida e'lon qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid