Sport | 21:16 / 20.04.2017
19721
2 daqiqa o‘qiladi

Video: O‘yin vaqtidayoq Messining futbolkasini so‘ragan jamoadoshi Kellinining jahlini chiqardi

YeChLning chorak finali javob uchrashuvlari doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan safar o‘yini vaqtida «Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoadoshi Jorjo Kellinining jahlini chiqargan.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, uchrashuv hali davom etayotgan vaqtda Bonuchchi kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messining yoniga kelib, undan futbolka almashishni so‘ragan. Kellini bu vaqtda yaqin joyda bo‘lgan va jamoadoshini ushbu harakati uchun turtkilagan. Bonuchchini esa bu to‘xtatib qola olmagan, u baribir Messiga yaqinlashib kelib degan: «Leo, futbolkalarimizni almashsak bo‘ladimi»?

O‘yindan so‘ng futbolchilar futbolkalarini almashishgan.

Kellini esa Luis Suares bilan futbolka almashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid