Jamiyat | 00:16 / 20.04.2017
39988
2 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda snaryad portlashi oqibatida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19 aprelda Rossiyaning Volgograd shahri yaqinidagi ekin maydonida Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi snaryadni topib olgan o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi ishchisi snaryadning portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Volgograd viloyati tergov boshqarmasining Gorodishensk tumani tergov bo‘limi boshlig‘i Mixail Sverkunov ma'lum qildi. 

"1996 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Gorodishensk tumanidagi Karpovka qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi vaqtiga mansub o‘q dorining portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislarning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, snaryad Germaniyada ishlab chiqarilgan bo‘lgan. Ishchi snaryadni dalada topib olgan va uni bo‘laklashga qaror qilgan. Buning oqibatida portlash yuz bergan. Ishchi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv boshlangan, uning natijasiga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi", deb ma'lum qildi Sverkunov.

Gorodishensk tumani Volgograddan g‘arbroqda joylashgan va bu hududda Ikkinchi jahon urushi vaqtida Stalingrad uchun qaqshatqich janglar ketgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid