Hodisa 9 iyun kuni «Gazprom transgaz Maxaçkala» kompaniyasiga qaraşli «Mozdok – Qozimagomed» magistral gaz quvurida sodir bölgan.
Doğiston Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma’lumotiga köra, avariyaga Qizilyurt tumanidagi Bavtuğay va Gelbax aholi punktlari oraliğida quvurning germetikligi buzilişi sabab bölgan.
Portlaşlardan keyin kelib çiqqan yonğin juda kuçli bölib, alanga balandligi 15 metrgaça yetgan.
140 nafar aholi evakuatsiya qilindi
Favqulodda xizmatlar yonğinni bartaraf etiş uçun ikki soatdan ortiq vaqt davomida iş olib borgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, xavfsizlik çorasi sifatida Qizilyurt tumanida yaşovçi qariyb 140 nafar fuqaro evakuatsiya qilinib, vaqtinça qarindoşlari uylariga joylaştirilgan.
Rasmiylar hodisa oqibatida halok bölganlar yoki jabrlanganlar yöqligini ma’lum qildi.
Gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi
Portlaş va yonğin oqibatlarini bartaraf etiş işlari munosabati bilan Qizilyurt şahri, şuningdek, Qizilyurt va Kumtorqalin tumanlaridagi bir qator aholi punktlarida gaz ta’minoti vaqtinça töxtatilişi bildirildi.
FVV ma’lumotiga köra, «Gazprom transgaz Maxaçkala» dispetçerlik xizmati hududda uç kunlik gaz zaxirasi mavjudligini ma’lum qilgan.
Quvur strategik ahamiyatga ega
«Mozdok – Qozimagomed» magistral gaz quvuri Doğistonning qator tumanlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi. Şuningdek, mazkur quvur Rossiyadan janubiy yönalişga, jumladan Ozarbayjonga tabiiy gaz yetkazib beriş tizimining muhim qismi hisoblanadi.
Hozirda hodisa sabablari böyiça tekşiruv işlari olib borilmoqda.









