Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov ShHTning Ostonadagi yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 20-21 aprel kunlari Shanghay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
TIV sayti xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasining direktori Yevgeniy Sisoyev ishtirokida 2016 yil 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi (DRK) va 2016 yil 2-3 noyabr kunlari Bishkek shahrida o‘tkazilgan Hukumat rahbarlari kengashi (Bosh vazirlar) yig‘ilishlaridan keyingi davrdagi tashkilot faoliyatining holati va rivojlanishini muhokama qilishdi. Shuningdek, keng qamrovli munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va takomillashtirish, Ostonada bo‘ladigan DRK yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Toshkent sammiti qarorlarini ijro etish uchun vazirlar tomonidan ShHT DRKga ko‘rib chiqish uchun Hindiston va Pokistonni ShHTga a'zolikka qabul qilish jarayonining yakunlanishi va ularga tashkilotga a'zo davlat maqomi berilishi bo‘yicha qarorlar loyihalari kiritildi.
Yig‘ilishda ShHT Kotibiyatining 2016 yildagi ishlar bo‘yicha hisoboti tasdiqlanib, ShHT MATT faoliyati haqida axborot tinglandi.
Vazirlar tashkilotning hozirgi faoliyatiga oid qator masalalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qildilar.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026