Jahon | 20:30 / 21.04.2017
6481
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: “AQSh va Turkiyaning bostirib kirishi hamda jangarilar harakati o‘rtasida hech qanday farq yo‘q”

Suriya prezidenti Bashar Asad terrorchilar va Turkiya hamda AQShning mamlakat hududiga bostirib kirishi o‘rtasida hech qanday farqni ko‘rmayapti. Bu haqda siyosatchi RIA Novosti’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Turkiyaning bostirib kirishi haqida gapirar ekansiz, bunda amerikalik kuchlar haqida eslab o‘tamiz, hamda bu bostirib kirishdir, va Suriyadagi terrorchilar haqida so‘zlar ekanmiz, bu bir narsaning o‘zi. Ular o‘rtasida hech qanday farq mavjud emas", - deya ma'lum qildi Suriya yetakchisi.

Asadning ta'kidlashicha, Suriya armiyasi terrorchilarni tor-mor keltirganidan so‘ng, amerikalik va turkiyalik harbiylar “Suriyadan o‘zlari ketishi lozim bo‘ladi yoki kuch orqali chiqarib yuboriladi”.

Shuningdek prezident Vashington Suriya hukumatini hokimiyat tepasidan ag‘darib tashlash uchun barcha ishni qilishiga ishonchi komil ekanini ham bildirdi. 

"Ular barcha narsani qilishadi: na qadriyatlar, na axloq bor. Istalgan narsa ro‘y berishi mumkin", - deya ma'lum qildi Asad.

Suriya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, IShID, “Jabhot an Nusra”, Turkiya, AQSh, Britaniya, Fransiya va Saudiya Arabistoni Suriyada “bitta xor” bo‘lib harakat qilmoqda.

"Ularda bitta vositachilar armiyasi bo‘lib, u turli guruhlardan iborat", - deya qayd etib o‘tdi Bashar Asad.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid