Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament rahbari Brexit’ning bekor qilinishi imkoniyati borligini aytdi
Yevroparlament prezidenti Antonio Tayanining aytishicha, agar Buyuk Britaniyadagi muddatdan avvalgi parlament saylovlarida britaniyaliklar yangi hukumatni saylasalar, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayonini bekor qilish mumkin.
"Agar Buyuk Britaniya saylovlardan keyin jarayonni bekor qilishni istasa, bu jarayon osongina o‘tadi. Agar Buyuk Britaniya qolishni istasa, bu bizga foyda bo‘lardi. Men bundan xursand bo‘lardim", deb aytdi Tayani Guardian nashriga bergan intervyusida.
19 aprelda Buyuk Britaniya parlamenti bosh vazir Tereza Meyning 8 iyunda muddatdan avvalgi umumiy saylovlar o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Avval 2020 yilgacha saylovlar bo‘lmasligini aytgan Mey o‘z fikrini o‘zgartirganini Brexit bo‘yicha muzokaralar oldidan mamlakatni jipslashtirish zarurati bilan tushuntirgan.
Britaniyaliklarning Yevropa Ittifoqidan chiqish qarori 2016 yil 23 iyundagi referendumda qabul qilingan. Birlashgan Qirollik 29 mart kuni Brexit jarayonini rasman boshladi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026