Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar dunyoning eng nufuzli odamlari yuztaligiga kiritildi
"Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar AQShning Time nashri talqiniga ko‘ra, 2017 yil dunyoning eng nufuzli kishilari yuztaligiga kirdi.
Nashr tahririyati ro‘yxatdagi odamlarni 5 toifaga ajratdi: "Titanlar", "Novatorlar", "San'at arboblari", "Yetakchilar" va "Kumirlar". 25 yoshli braziliyalik futbolchi "Kumirlar" toifasidan o‘rin oldi. Ta'kidlash joizki, bu toifaga yana bir necha sportchilar kiritildi. Neymar bu ro‘yxatdan o‘rin olgan yagona futbolchi bo‘ldi.
"Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yangi raqibga ega bo‘lishdi. Neymar o‘z yurishini qilishga tayyor", deb yozdi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Neymarga bergan qisqacha tavsifda. Bekxemdan buni qilishni nashr jurnalistlari iltimos qilishgan.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
20:47 / 22.04.2026