Braziliya milliy jamoasining jahon çempionatidagi yöli 1/8 finalda Norvegiyadan uçralgan mağlubiyat (1:2) bilan yakunlandi. Öyindan keyin 34 yoşli Neymar skandinavlarga qarşi keçgan öyin uning milliy jamoa safidagi sönggi öyini bölib qolişini ma’lum qildi.

Sönggi gol va köz yoşlar

Norvegiya bilan öyinda Neymar 67-daqiqada zaxiradan maydonga tuşirildi. Köp ötmay uning jamoasi Erling Holanddan ketma-ket gollar ötkazib yubordi, ammo öyinga sönggi nuqtani qöşimça daqiqalarda penaltini aniq ijro etgan braziliyalik hujumçi qöydi. Karlo Ançelotti şogirdlarida hisobni tenglaştiriş uçun vaqt qolmagandi va pentakampeonlar 1990 yildan buyon ilk bor jahon çempionatida çorakfinalga ham yetib bora olmadi.

Öyin yakunlangani haqidagi huştak çalinganidan keyin Neymar gazonga ötirdi va yiğlab yubordi. Uning oldiga Rafinya yetib keldi va yupata boşladi.

U nega bu qadar qattiq xafa bölgani sababi tezda ma’lum böldi. Jurnalistlar bilan muloqotda u Braziliya milliy jamoasi safidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Men qayta va qayta harakat qildim. Ammo endi barçasi tugadi. Men şu yerda boşlagandim, şu yerda yakunlayman», – deya uning sözlarini keltirgan Globo.

Yirik sovrinlarsiz

Neymarning milliy jamoadagi karerasi 2010 yil JAR maydonlarida bölib ötgan jahon çempionatida boşlanişi mumkin edi: öşanda Pele ham öşa vaqtda milliy jamoa boş murabbiyi bölgan Dungadan 18 yoşli uşbu futbolçini asosiy jamoaga çaqirişni talab qilgan, ammo futbolçi yakuniy qaydnomadan örin olmagandi. Murabbiy buni futbolçi hali juda yoşligi bilan izohlagandi.

U faqat öşa yil avgustida AQŞga qarşi öyinda (2:0) milliy jamoa safida debyut qiladi va darhol öz gollari hisobini oçadi. Braziliyadagi jahon çempionatiga esa u superyulduz maqomida yetib keladi. Qolaversa, 2013 yil Neymar Braziliya bilan Konfederatsiyalar kubogini qölga kiritadi.

Ammo uydagi mundial pentakampeonlar uçun yarimfinalda Germaniyadan uçralgan dahşatli mağlubiyat (1:7) bilan yakunlanadi. Neymar öşa öyinni jarohat tufayli ötkazib yuborgandi. Çorakfinalda Kolumbiyaga qarşi keçgan öyinda (2:1) Xuan Suniga bilan töqnaşuvdan keyin Neymarga bel umurtqasi sinişi taşxisi qöyilgandi

2018 yilda ham, 2022 yilda ham Braziliya jahon çempionatidagi iştirokini çorakfinalda töxtatadi. Rossiyadagi mundialda brazillar Belgiyaga (2:1), Qatarda – Xorvatiyaga (1:1, penaltilar seriyasida 2:4) yutqazgan.

Barça 2026 yilgi turnir Neymar uçun jahon futbolidagi asosiy kubokni boş uzra kötariş uçun sönggi imkon bölişini tuşunib turardi. Futbolçi uşbu turnirga tayyor böliş uçun «Santos»ning safar öyinlariga borişni ham töxtatdi. Ammo baribir çempionat arafasida jarohat oldi. Şunga qaramay, Karlo Ançelotti uni yakuniy tarkibga kiritdi, lekin futbolçi jarohatidan töliq tiklanmagani tufayli guruh bosqiçida Marokaş (1:1) va Haiti (3:0)ga qarşi keçgan öyinlarga tuşa olmadi, sönggi turda Şotlandiyaga (3:0) qarşi öyinda esa zaxiradan tuşib, atigi 14 daqiqa öynadi.

Lekin Norvegiya bilan öyin oxirida öz nomiga gol yozib qöyişga muvaffaq böldi. Bu Neymar uçun milliy jamoa libosidagi 130 öyinda urilgan 80-golga aylandi. U jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurarlar reytingida Pele (77) va Ronaldo (62) kabi afsonalarni ortda qoldirgan holda yetakçi bölib olgan. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolçilar orasida esa unga eng yaqin natija Vinisius Junior va Lukas Paketada (ikkisida ham 13 tadan gol).

Neymar asosiy sovrinlarni qölga kirita olmagan bölsa-da, unda baribir milliy jamoa bilan qölga kiritilgan titullar bor: Konfederatsiyalar kubogidan taşqari, Neymar Olimpiada oltin medali (2016)ga ega. Ammo Amerika kubogida ham ğolib çiqolmagan, bu turnirdagi eng yaxşi natija 2021 yilgi kumuş medal bölgan.