Jamiyat | 19:30 / 21.04.2017
6063
3 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistika fakultetida audiovizual media istiqbollari muhokama qilindi

21 aprel kuni soat 12:00da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 3-qavat majlislar zalida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti “Raqamli ommaviy axborot vositalari” kafedrasining “O‘zbekiston teleradiojurnalistikasi taraqqiyoti va transformatsiya jarayonlari”  IV an'anaviy Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zMU jurnalistika fakulteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarining turdosh fakultetlari professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallar rahbarlari va amaliyotchi jurnalistlar ishtirok etishdi.  

Anjamunda quyidagi mavzulardagi ma'ruzalar tinglandi:
- audiovizual jurnalistikaning zamonaviy masalalari va ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash; 
- audiovizual jurnalistikada nazariyasi va amaliyot tushunchasini o‘zaro yaqinlashtirish masalalari.
- audiovizual jurnalistika fanini o‘qitish muammolari;
- audiovizual jurnalistika va mediata'lim;
- audiovizual jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari. 

Anjuman doirasida ilmiy maqolalar to‘plami nashr etiladi. Konferentsiya dasturidan o‘rin olgan ma'ruzalar orasidan eng yaxshilari diplom bilan taqdirlanadi.

Konferentsiya doirasida kafedra a'zolari tomonidan quyidagi nominatsiyalar  belgilandi:
1. Dolzarb mavzu;
2. Eng yaxshi ma'ruza va taqdimot;
3. Eng yaxshi ilmiy tahlil;
4. Eng yaxshi notiq.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari uchun rag‘batlantiruvchi sertifikatlar ham taqdim etildi. 
Jurnalistika fakulteti “Raqamli ommaviy axborot vositalari” kafedrasi O‘zbekistonda teleradiojurnalistlarini tayyorlaydigan yetakchi ilmiy maskan hisoblanib, 2ta fan doktori va 5 ta fan nomzodlari bo‘lg‘usi jurnalistlarga saboq berib kelmoqda. So‘ngi yillarda kafedrada yosh kadrlarga bo‘lgan e'tibor natijasida 2ta yosh o‘qituvchi ishga olindi. Kafedra o‘z ilmiy salohiyatini oshirishda turdosh ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. “O‘zbekiston teleradiojurnalistikasi taraqqiyoti va transformatsiya jarayonlari” anjumani ushbu hamkorlik natijasidir.  

Mavzuga oid