Özbekiston musulmonlari diniy idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmatining xabar berişiça, konferensiyani viloyat hokimi Erkinjon Turdimov oçib bergan va mehmonlarni Samarqand zaminida körib turganidan mamnun ekanini bildirgan.
Qayd etilişiça, keça 14 mart kuni har ikki mamlakatdan kelgan delegatsiya vakillari Özbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamrohligida Samarqand viloyatidagi köplab tarixiy qadamjolar bilan birga Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan. Bundan taşqari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida va Hadis ilmi maktabida bölib, bu yerda talaba yoşlar uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirgan. Şuningdek, Misrning Al-Azhar universiteti professori Mahmud Abdulloh Abdurrahmon iştirokidagi maşğulotlar va dars jarayonini kuzatişgan.


Taşrif doirasida mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi muzeyidagi eksponatlar, şuningdek, Islom hamkorlik taşkilotining Islom tarixi, san'ati va madaniyatini tadqiq etiş markazi tomonidan hadya etilgan xattotlik asarlari namunalarini közdan keçirgan.

Ma'lum qilinişiça, xalqaro anjuman quyidagi mavzularga bağişlanadi:
1️. Imom Buxoriy merosining öziga xos xususiyatlari, afzalliklari;
2️. Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni ta'minlaşdagi örni;
3️. Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik, yaxşi qöşniçilik va hamjihatlik, diniy-milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda Özbekistonda sönggi yillarda diniy-ma'rifiy sohada amalga oşirilayotgan ijobiy yangilanişlar va özgarişlarni tarğib qiliş.

Ta'kidlanişiça, konferensiya davomida mehmonlarga din işlari qömitasi, Samarqand viloyati hokimligi va Özbekiston musulmonlar idorasi nomidan esdalik sovğalari topşirilgan.








