Turkmaniston prezidenti 18-19 aprel kunlari Qozoğistonga davlat taşrifini amalga oşirdi. Ikki davlat prezidentlari N.Nazarboyev va G.Berdimuxammedov örtasida muzokaralar bölib ötdi. Katta hujjatlar töplami imzolandi, ulardan eng asosiysi – Qozoğiston va Turkmaniston Respublikasi örtasida strategik şeriklik töğrisidagi Şartnomadir. Qozoğiston Respublikasi va Turkmaniston örtasida qozoq-turkman davlat çegarasining demarkatsiyasi töğrisida ançadan beri kutilgan Kelişuv imzolandi.

Uşbu taşrif, uning natijalarini Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari örtasidagi aloqalarning sönggi vaqtlarda faollaşişi nuqtai nazaridan köriş lozim.

Mintaqada davlatlar örtasidagi munosabatlar yangi bosqiçiga Özbekiston taşqi siyosatining faollaşgani turtki bergan körinadi.

2017 yilning mart oyida Özbekiston prezidentining Turkmaniston va Qozoğistonga davlat taşriflari mintaqa mamlakatlari örtasidagi munosabatlarni faollaştirişda muhim bosqiç böldi.

Özbekiston va Turkmaniston, Özbekiston va Qozoğiston, Qozoğiston va Turkmaniston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni faollaştiriş, mintaqada davlatlararo munosabatlarning yangi bosqiçida mintaqaviy hamkorlik böyiça uç lokomotiv-davlat şaklini keltirib çiqarmoqda: Özbekiston-Turkmaniston-Qozoğiston.
 
Hamkorlikning bu bosqiçida eng muhim narsa nima, qaysi sohalarda “inqilob” bölişi mumkin?

Zamonaviy bosqiçda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning yangi şakllarini taşkil etiş uçun mintaqa davlatlari (birinçi navbatda Özbekiston, Qozoğiston va Turkmanistonning) transport-kommunikatsiya salohiyatlari integratsiyasi va uyğunlaşuvi asos bölib xizmat qilişi mumkin. Bu davlatlar transport sohasini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşirmoqda hamda bu sohaga katta sarmoyalar kiritilmoqda. Biroq bugungi kunda milliy transport strategiyalarining integratsiyasi va qit'a ahamiyatiga molik yagona Markaziy-Osiyo transport-tranzit xabini taşkil etiş vazifasi turibdi. Şu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlari uçun uni Yevropa, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo iqtisodiy şerikligini ta'minlovçi transqit'aviy köprikka aylantiriş uçun real imkoniyatlar oçilmoqda.
 
Barça davlatlar transport-tranzit jihatidan bir-biriga boğliq ekanini e'tiborga olsak, bu yerda mamlakatlar sa'y-harakatini birlaştiriş uçun yagona yondaşuv talab etiladi. Nima uçun buni intensiv şakldagi kooperatsiya aloqalarini yölga qöyişda asos qilmaslik kerak? Ha, bugungi kunda mintaqa mamlakatlari ma'lum bir transport-logistika loyihalarini amalga oşirmoqda va ular raqobatçi bölişi mumkin. Xususan, Kaspiy dengizi qirğoğida Qozoğiston (Aqtou va Kuruk portlari) va Turkmanistonga (Turkmanboşi portining çuqur modernizatsiyasi) olib boruvçi yangi transport-logistika markazlarini quriş va borlarini modernizatsiya qiliş. Turkmanistondan Afğoniston va Tojikistonga (Atamirat-Imomnazar-Akina), Özbekistonni çetlab ötgan holda temir yölini quriş. Biroq bu uç davlat transport-kommunikatsiya salohiyatini moslaşga tösiq bölmasligi lozim. Çunki umuman olganda, muqobillarni taşkil etgan holda yangi transport yölaklarini şakllantiriş, yuk tranziti kabi transport xarajatlarini umumiy ravişda kamaytirişga işlaydi.