Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi
Mas’ullarga afv etilgan fuqarolarning tezroq o‘z oilalariga qaytishini ta’minlash topshirildi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qamoq jazosini o‘tayotgan 321 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Turkmaniston prezidenti Mahkumlarni afv etish komissiyasi faoliyati natijalari bilan tanishgan.
Yig‘ilish davomida Turkmaniston prezidenti huzuridagi Fuqarolik va afv masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash komissiyasi raisi, Xavfsizlik Kengashi kotibi B. Gundog‘diyev afv etish komissiyasining musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida alohida o‘rin tutuvchi kecha — «Qadr kechasi» munosabati bilan olib borilgan ishlari natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etgan.
Hisobotni tinglagan Serdar Berdimuhamedov an’anaga muvofiq, 321 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
Turkmaniston prezidenti komissiya raisiga huquq-tartibot organlari rahbarlari bilan birgalikda mahkumlarni qamoq joylaridan ozod qilish va ularni imkon qadar tezroq oilalariga qaytarish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirishni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Serdar Berdimuhamedov 2024 yilda Ramazon oyidagi «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026