Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Asadni Suriya mustaqilligi kuni bilan tabrikladi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Suriya prezidenti Bashar Asadga Suriya mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar bermoqda.
Guterresh o‘z maktubida Damashq BMTni mustahkamlash hamda tinchlik va inson huquqlarini himoya qilishda o‘z ulushini qo‘shishiga umid bildirgan.
17 aprelda Suriyada mamlakat mustaqilligining 71 yilligi nishonlandi. Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosim Damashqdagi Kasiyun tog‘ida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda yodgorlik majmuasi bor. So‘ngra butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar va bayram konsertlari bo‘lib o‘tgan.
Kasiyun tog‘ida bir nechta g‘orlar bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, ulardan birida Odam alayhissalom yashaganlar. Tog‘dan butun Damashq ko‘rinib turishi sabab, u strategik ahamiyat ham kasb etadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026