Jamiyat | 08:50 / 23.04.2017
9025
3 daqiqa o‘qiladi

Daniyada saratonga qarshi yangi usul muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Foto: AP

Daniyada saratonga qarshi yangi usul sichqonlarda o‘tkazilgan sinovlarda samaradorligini ko‘rsatdi. Videnskab.dk ilmiy yangiliklar internet-portalining xabar berishicha, olimlar kimyoterapiyaga barqaror bo‘lgan siydik qopi o‘simtalari o‘sishini to‘xtata olishgan. 

"Olingan natija ochadigan istiqbollar juda keng. Ushbu metodika standart kimyoterapiya bilan davolash samarasiz bo‘lgan saraton bilan kasallanganlarga yordam berishi mumkin", deb aytdi tadqiqot hammualiflaridan biri Mads Daugord.

Uning aytishicha, onkologiya dastlabki davolash yordam bermaganda, qo‘llash va muvaffaqiyatli kechishiga umid qilish mumkin bo‘lgan ikkinchi liniyadagi saratonga qarshi davolash metodikalariga o‘tkir ehtiyoj sezadi. Olimning fikricha, yangi usul bunday davolovchi vosita bo‘la olishi mumkinn.

Tajribadan o‘tkazilgan 80 foiz sichqonlar tadqiqot yakunlanga qadar tirik qolgan. Shu bilan birga standart usul bilan davolangan barcha sichqonlar nobud bo‘lgan. Biroq ushbu metodika odamlarda samarasizroq bo‘lishi xatari ham mavjud.

Ayni vaqtda Daugord va uning hamkasblari ushbu usul yordamida boshqa turdagi o‘simtalar rivojlanishini ham to‘xtatish mumkinligini aniqlash va odamlarda birinchi klinik sinovlarni o‘tkazishga harakat qilishmoqda.

Yangi metodikaning negizida yotuvchi olamshumul kashfiyot 2015 yilda tasodifan ochilgan. Bezgakka qarshi vaksina yaratish ustida ish olib borayotgan daniyalik olimlar o‘simtalarga qarshi toksinlarni saraton hujayralariga yetkazishning juda samarali vositasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgandi.    

Ular tomondan ajratilgan oqsil sog‘lom hujayralarni inkor qilib, 90 foiz saraton hujayralariga yopishib olishga qodir. Olimlar oqsilga dori vositasini biriktirib, hosil bo‘lgan vosita o‘simta hujayralarini topib, o‘ldira olishini aniqlaganlar. 

Gap borayotgan rVAR2 oqsili bezgak tashuvchi parazitga juda yomon xususiyat beradi: u plazmodiyga (bezgak keltiruv chiqaruvchi parazit) yo‘ldoshga tushishga imkon beradi va bezgakni homilador ayollar uchun juda xavfli kasallikka aylantiradi. Deyarli 15 yil avval shvetsiyalik olimlar parazitning yo‘ldoshga yopishishiga o‘ziga xos oqsil yordam berishini aniqlashgan. 

Daniyalik olimlar esa ushbu oqsil yo‘ldosh hujayralaridagi o‘ziga xos uglevodlar tomondan "jalb qilinishini" aniqlashgan. Bu hujayralar aksariyat saraton o‘smalaridagina uchraydigan hujayralarga o‘xshashdir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid