Sönggi qirq yilda saratondan ölim taxminan ikki baravar oşgan. Bu jamiyat onkologik kasalliklarga qarşi kuraşda yutqazayotgandek tuyulişi mumkin, ammo bu unday emas.
1980 yilga nisbatan Yer yuzi aholisi taxminan 3,5 milliardga köpaydi. Odamlar uzoqroq yaşay boşladi, saraton xavfi esa yoş oşgani sayin sezilarli darajada ortadi.
Diagrammadagi uçta turli egri çiziq 1980 yildan 2021 yilgaça körsatkiçlarning foizlardagi nisbiy özgarişini aks ettiradi.
Qizil çiziq — dunyo böyiça saratondan vafot etganlar sonining mutlaq (absolyut) miqdori.
Jigarrang çiziq — 100 ming aholiga töğri keladigan ölim koeffitsiyenti, u Yer aholisi 1980 yilda 4,4 mlrd bölganidan 2021 yilda 7,9 mlrdgaça ösganini hisobga oladi.
Kök çiziq — yoş böyiça tuzatilgan ölim (ya’ni aholi qarişini hisobga olgan holda). Bu körsatkiç aholi qarişi ta’sirini “bekor qiladi” va 1980 yildagi yoş tarkibi saqlangan deb hisoblab, dinamikani körsatadi.
Natija şuki: umumiy (absolyut) ölimlar soni deyarli ikki baravar oşgan.
Aholi soni ösişi hisobga olinsa, ölim körsatkiçining ösişi taxminan 20 foiz atrofida qoladi.
Yoş böyiça tuzatma kiritilganda esa saratondan ölim 20 foizdan köproqqa kamaygan.
Bu şuni anglatadiki, 2021 yilda ma’lum bir yoşdagi insonning saratondan vafot etiş ehtimoli 1980 yildagi xuddi şu yoşdagi insonga qaraganda pastroq bölgan.













