17:45 / 24.04.2017
6973

Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy bazasi oldida portlash ro‘y berdi

24 aprel, dushanba kuni «Tolibon» jangarilari deya taxmin qilinayotgan kishilar guruhi Afg‘onistonning sharqiy Host viloyatida joylashgan AQSh bazasiga hujum qildi. Bu haqida rasmiylar ma'lumotiga asoslanib, Daily Sabah xabar berdi. 

Manbada ta'kidlanishicha, mazkur hujum AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mattisning Kobulga tashrifiga to‘g‘ri kelgan. 

Viloyat gubernatori vakili Mubarez Muhammad Zadronning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar bombani AQSh boshqaruvi ostidagi Chapman lageriga kiraverishda portlatishgan. 

Hozircha qurbonlar va jarohat olganlar haqida ma'lumot berilmagan. 

"Men Amerika bazasi darvozasi oldidagi avtomobilda portlatilgan bomba haqida bilaman, biroq bizga batafsil ma'lumot olish imkoni berilmayapti", - dedi matbuot xizmati vakili. 

AQShning Afg‘onistondagi idorasi vakili kapitan Uilyam Salvin avtomobil portlagani haqidagi xabarni tasdiqladi. U halok bo‘lganlar bir necha kishi ekanini taxmin qildi.

Mavzuga oid
Top