Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklar borishi tavsiya qilinmaydigan hududlar. Ro‘yxatda O‘rta Osiyo mamlakati ham bor
Birlashgan qirollik hukumati o‘z fuqarolariga Qrim va Kavkazga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya, Ukraina, Tojikiston, Gruziya, Uganda, Tailand, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Armaniston, Angola, Jazoir, Eron va Sudan kabi davlatlarni xavfli hududlar qatoriga kiritdi.
Independent xabariga ko‘ra, britaniyaliklarga vazirlik tomonidan borish tavsiya qilinmaydigan 39 davlatdan iborat ro‘yxat taqdim etilgan.
Shu bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarining Afg‘oniston, Yaman, Iroq, Tunis va Somali kabi davlatlarga borishiga qat'iyan qarshi.
TIVning ma'lum qilishicha, britaniyaliklar uchun eng xavfsiz hududlar Janubiy va Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy Afrikadagi davlatlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024