AQSh rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamni qisqartiradi
AQSh ma'muriyati rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni qisqartirish, shuningdek Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligini birlashtirishni rejalashtirmoqda. Foreign Policy jurnali o‘z tasarrufidagi hujjatlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Tashqi siyosat idorasining 15 sahifali byudjyet hujjatiga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam cheklanadi yoki umuman bekor qilinadi, ba'zilari uchun esa, aksincha - oshiriladi. Oq uy ushbu qadamni milliy xavfsizlik masalalari hamda Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan "Eng avvalo, Amerika" shiori bilan bog‘lamoqda.
Manbaga ko‘ra, Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbariyati o‘z xodimlariga mamlakat ijro hokimiyatining faoliyati ratsionallashuvi doirasida Oq uyning idora va Davlat departamentini birlashtirish rejasidan xabardor qilgan.
Xo‘sh, AQSh qaysi davlatlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamni kamaytiradi?
AQSh Ukrainaga ko‘rsatiladigan umumiy yordamni 570,9 million dollardan 177,8 million dollargacha, ya'ni 68,8 foizga qisqartiradi.
Davlat departamenti kanallari bo‘yicha yordamni bekor qilish Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Kubaga ham taalluqli.
Dasturlari taxminan 100 mamlakatga nisbatan joriy qilingan Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligida bu qarorlarga izoh berishdan bosh tortishdi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
-
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 23:19 / 22.01.2025
-
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Mavzuga oid
23:19 / 22.01.2025
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
23:00 / 22.01.2025
Davos forumi: dunyo siyosatchilari nimalarni gapirmoqda?
21:40 / 22.01.2025
Tramp Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
21:10 / 22.01.2025