Islom Karimov haykali loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblari e'lon qilindi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali loyihasini yaratish bo‘yicha Xalqaro badiiy tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga diplomlar hamda sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda tanlov tashkilotchilari bilan birga ushbu xayrli ishda faol qatnashgan haykaltaroshlar ham ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tanlovning barcha ishtirokchi hamda g‘oliblarini samimiy qutlab, eng munosib ishlarni aniqlash juda qiyin bo‘lganini ta'kidladi.
Shuningdek u haykaltaroshlar oldida ulkan vazifalar turganini alohida qayd etdi. A.Nur barcha haykaltaroshlarni kelgusida Sh.Rashidov, A.Oripov, O.Sharafiddinov, S.Ahmad va S.Zunnunova, M.Yusuf haykallarini yaratish bo‘yicha tanlovlarda faol qatnashishga chaqirdi.
Xalqaro badiiy tanlov yakunlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay'ati taqdim qildi. Mustaqil komissiya bu yo‘nalishda katta ishlar qilib, o‘z xulosasini bayon etdi.

Tanlovda aksariyat ovozlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin - yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa - To‘lagan Tojixo‘jayevga nasib etdi. Barcha g‘oliblarga mukofot pullari topshiriladi. Shuningdek rag‘batlantiruvchi sovg‘alar egalari ham pul bilan mukofotlanadi. Bular - Yorqulov To‘lagan, Axmetzyanov Farit, shuningdek janubiy koreyalik haykaltaroshlar Kang Chul Xi, Li Chong An va Chung Yung Su.
Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi

16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025