Jahon | 15:53 / 25.04.2017
12369
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy Shimoliy Koreya bilan chegarada 100 ming harbiyni joylashtirdi

Foto: EPA

Xitoy rahbariyati Koreya yarim oroli bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani tufayli KXDR bilan chegarada qo‘shimcha 100 ming kishilik harbiy guruhni joylashtirdi. Shu bilan birga, XXR qurolli kuchlarining tayyorgarlik darajasi ham oshirildi, deb xabar bermoqda Yaponiyaning Yomiuri gazetasi Xitoydagi manbalariga asosan.

Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, bunday choralar aprel oyi o‘rtalaridan qabul qilingan.

AQSh so‘nggi paytlarda KXDRga nisbatan bir necha harakatlar varianti ko‘rib chiqilayotganini bir necha bora ma'lum qilgandi. Shimoliy Koreya esa o‘z raketa-yadro dasturini rivojlantirish bilan band. Xususan, o‘tgan yili Pxenyan ikkita yadro sinovini o‘tkazdi va turli xildagi 20ta ballistik raketani uchirdi. Ayni damda esa KXDR shimoli-sharqidagi poligonda barchasi yadro qurilmasining oltinchi marta portlashiga tayyor turibdi.

Koreya yarim oroliga AQSh HDKning Carl Vinson ("Karl Vinson") aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhi yaqinlashib kelmoqda. Shu bilan birga, u Yaponiyaning "Asagara" va "Samidare" esminetslari bilan mashqlar o‘tkazmoqda. Ular yagona birlashma tarkibida o‘zaro harakatlarni ishlab chiqishmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, zarba guruhi Koreya bo‘g‘ozidan, Tsusima orollari yonidan o‘tib ketadi va Yapon dengizida joylashadi. Yomiuri gazetasining xabar berishicha, aynan o‘sha yerda bu birlashma va Yaponiya HDKning yangi mashqlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek Janubiy Koreya HDK bilan ham mashqlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid