Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putin bilan Asad mavzusidagi suhbati tafsilotlarini keltirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbati tafsilotlarini aytib berdi. Reuters xabarida aytilishicha, u Rossiya rahbari bilan Suriya prezidenti Bashar Asad bo‘yicha gaplashgan.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Putin unga Suriya rahbarini to‘la yoqlamasligi haqida gapirgan.
«Erdo‘g‘an, meni yanglish tushunma, men Asadning tarafdori emasman, men uning advokati emasman», — deya Putinning so‘zlarini keltirgan Turkiya prezidenti.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘on Suriyada sodir bo‘layotgan ba'zi voqealarni «Putin o‘zi bilan muhokama qilishni istamagani» haqida qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Bundan oldinroq Erdo‘g‘an Suriyadagi ziddiyat bu davlat tepasida Bashar Asad qolar ekan, hal bo‘lmasligi haqida aytib o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:01 / 23.12.2025
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?
19:41 / 17.12.2025