Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Shimoliy Koreyaga harbiy choralar ko‘rish tarafdori
Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi – taxminan 53 foizi – KXDR yadro qurollanishni rivojlantirish dasturini to‘xtatishga qaratilgan harbiy choralar qo‘llanishi tarafdori. Bundan Fox News telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi milliy so‘rov natijalari darak bermoqda.
Shu bilan birga, tadqiqotning ko‘rsatishicha, amerikaliklarning 36 foizi muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, respondentlarning 38 foizi fikricha, Shimoliy Koreya AQShga tahdid uyg‘otadi, 25 foiz amerikaliklar esa IShIDni va 18 foizi Rossiyani tahdid, deb qabul qiladi.
So‘rov ishtirokchilariga AQShning Suriyaga zarbasi bo‘yicha fikr bildirish taklifi berildi – 67 foiz prezident Donald Trampning qarorini qo‘llab-quvvatladi, 29 foiz esa bunga qarshi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar 7 aprelga o‘tar kechasi Suriyaning Shayrot aerodromiga raketa zarbasi berdi hamda bunga Damashq tomonidan kimyoviy qurol ishlatilgani sabab bo‘lganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026