Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI elchisi: «O‘zbekiston mintaqadagi barqarorlikni ta'minlash va uning iqtisodiy o‘sishida muhim rol o‘ynaydi»
Bugun, 28 aprel kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida IT Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili, elchi Piter Burian ishtirokida matbuan anjumani tashkil etildi. Mazkur anjuman davomida elchi OAV xodimlariga 2017 yil 26-28 aprel kunlari Yevropa Ittifoqining rasmiy vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida batafsil ma'lumot berdi.
Tashrif doirasida Toshkent shahrida qator vazirliklar, boshqarmalar diplomatik korpus vakillari, nodavlat tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, Samarqand shahri mahalliy hokimiyat bilan uchrashuv tashkil etildi. Delegatsiya YeI moliyaviy ko‘magi ostida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyati bilan tanishib chiqdi.
Piter Burian rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda ayrim mintaqaviy masalalar muhokama qilinganini ta'kidlab o‘tdi.
“Yevropa Ittifoqi yaqinda qabul qilingan 2017-2021 yillardagi beshta ustuvor yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini, shuningdek, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi turli hamkorlik dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Mintaqadagi barqarorlikni ta'minlash va uning iqtisodiy o‘sishida O‘zbekiston muhim rol o‘ynashini alohida qayd etish lozim”, - deydi YeI elchisi.
YeI rasmiy vakillarining tashrifi chog‘ida nodavlat tashkilotlar bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarni muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazishdi.
“Mamlakatda O‘zbekistonning YeI hamda Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlashda yangi shart-sharoitlar yaratuvchi islohotlarning amalga oshirilayotganidan mamnunmiz”, - deya qo‘shimcha qildi Piter Burian.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026