Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy mudofaa vazirligi harbiy-dengiz kuchlarini "qalbakilashtirgani" uchun uzr so‘radi
Xitoy mudofaa vazirligi avvalroq chop etilgan plakat uchun rasman uzr so‘rashiga majbur bo‘ldi. Plakat Xitoy harbiy-dengiz kuchlari tashkil etilganining 68 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda "Lyaonin" aviatashuvchi kemasi tasvirlangan hamda "Tug‘ilgan kuning bilan Xitoy armiyasi HDK" deb yozilgan. Plakat mudofaa vazirligining rasmiy sahifasida va Weibo ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan.
Mudofaa vazirligining uzr so‘rashiga esa ushbu plakatdagi samolyotlar va kemaga hamrohlik qilayotgan kichikroq kemalarning "qalbakilashtirilgani" sabab bo‘lgan. Plakatda Xitoy aviatashuvchi kemasida mahalliy samolyotlar o‘rniga Rossiyaning MiG-35 samolyotlari tasvirlangan. Shuningdek, kemadan ko‘tarilayotgan samolyotlar paluba samolyotlari J-15 emas, balki quruqlikdan havoga ko‘tariladigan J-10 qiruvchi samolyotlari bo‘lgan. Shuningdek, kemaga hamrohlik qilayotgan kichikroq kemalar AQShning universal desant kemalari bo‘lib chiqqan, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.
Ushbu "qalbakilik" aniqlangandan keyin Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Yan Yutszyun plakat uchun uzr so‘ragan va tasvir noaniq chiqqanidan afsusda ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026