Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda rus kemasi cho‘kib ketdi
Avval xabar berganimizdek, Rossiya kemasi Qora dengizda boshqa davlat kemasi bilan to‘qnashib ketgandi. Turkiyaning Daily Sabah nashri, shuningdek Reuters’ning mahalliy NTV telekanaliga asosan xabar berishicha, 15 nafar rossiyalik askar bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik Turkiya sohilni qo‘riqlash xizmati har ikki kema ekipajining barcha a'zolari qutqarilganini aytib o‘tdi. Rossiya kemasi cho‘kib ketgan.
Rossiya mudofaa vazirligidan xabar berishlaricha, Rossiyaning Qora dengiz flotining “Liman” tadqiqot kemasi kecha, 27 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:53da “Ashot-7” kemasi bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa Qora dengizning janubi-g‘arbiy qismida yuz bergan. Harbiy mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, “Liman”ning vater chiziqdan pastki qismida yoriq paydo bo‘lgan.
Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Bosfor bo‘g‘ozidan 40 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan hodisa joyiga Qora dengiz floti kemalari va An-26 samolyotida qutqaruv jamoasi yo‘l olgan.
RIA Novosti’ning Turkiya sohilni qo‘riqlash xizmatiga asosan xabar tarqatishicha, har ikki kema ekipajining 78 nafar a'zosi evakuatsiya qilingan. Keyinchalik Reuters ham barcha askarlar qutqarilgani haqidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026