Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Afg‘onistonga havo-desant diviziyasidan 1,5 ming harbiyni yuboradi
AQSh yaqin orada rejaga ko‘ra Afg‘onistondagi harbiy kontingenti qismlarining rotatsiyasini o‘tkazmoqchi. Qo‘shinlar soni oshirilmaydi, deb ma'lum qilindi Pentagonda.
Avvalroq Daily Beast nashri AQSh Afg‘onistonga 82-havo-desant diviziyasi tarkibidan qo‘shimcha 1,5 ming harbiyni yuborishini ma'lum qilgandi. Bu qo‘shinlar norasman "Butunamerika diviziyasi" deb ataladi.
"Bu qo‘shimcha qo‘shin emas, balki rejali o‘zgartirish", deb aytdi AQSh mudofaa vazirligining matbuot xizmati vakili va qo‘shinlar soni oshirilmasligini ta'kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida diviziyada desantchilar yozda AQShning boshqa quruqlikdagi bo‘linmalari o‘rnini egallashlari ma'lum qilindi.
"Harbiylar 9 oyga joylashtiriladi. Bu rejalashtirilgan aksiya va jangarilarning biror-bir hujumi bilan bog‘lanmagan", deb aytdi podpolkovnik Jo Buchchino.
Mazkur diviziya harbiylari Afg‘onistondagi jangovar harakatlarda avval ishtirok etishgan. Ayni vaqtda diviziyaning ba'zi bo‘linmalari Iroqda xizmat o‘tamoqda va mahalliy kuchlarga IShID bilan kurashishda yordam ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026